ARABOV MUHAMMADQUL ABDUQODIROVICH

ARABOV MUHAMMADQUL ABDUQODIROVICH (1921, Buxoro) — kinooperator. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1965). Moskva davlat kinematografiya institutining operatorlik fakultetini tugatgan (1943). Moskvadagi Markaziy hujjatli filmlar kinostudiyasining harbiy kinooperatori bo’lib 1-Ukraina frontida xizmat qildi (1943 — 45). “Berlin” filmi va “Ulug’ Vatan urushi” kinoepopeyasiga Arabov suratga olgan jang lavhalaridan kadrlar kiritilgan. 1946 — 52 yillarda Sverdlovsk, 1953 — 62 yillarda Dushanba kinostudiyalarida, 1962 yildan O’zbekiston hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar kinostudiyasida ishlagan. Bir necha filmlarni suratga olgan.