ARALIYADOSHLAR
ARALIYADOSHLAR (Araliaceae) – yopiq urug’li o’simliklarning ikkipallalilar sinfiga mansub oila. 65 turkumi (800 ga yaqin turi) bor. Asosan Shimoliy Amerika, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Avstraliyada tarqalgan. Ular ichida o’t, buta va hatto kichikroq daraxt shaklidagilari ham bor. Gullari to’g’ri (aktinomorf), soyabon, boshcha yoki boshoqlarga to’plangan. Ba’zi turlari, masalan, araliya, plyushch xushmanzara o’simlik sifatida ekiladi, ba’zilari, masalan, jenshen dorivordir. Araliya (Aralia) oiladagi yirik turkum bo’lib, u 35 to’rni o’z ichiga oladi. Araliyadoshlar turlari asosan Osiyoning Janubiy-sharqidagi tropik va subtropik yerlarda o’sadi. O’zbekistonda ham o’stiriladi. Uning ildizida saponin, efir moyi va boshqa birikmalar bo’lib, nastoykasi organizm tonusini ko’tarish uchun qo’llaniladi.