ARAMKO

ARAMKO (ing. Arabian American Oil Company (ARAMCO) — Saudiya Arabistonidagi neft konlarini o’zlashtirish uchun 1933-yilda AQSH dagi eng yirik neft kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. 1973-yildan boshlab Saudiya Arabistoni hukumati uning aksiyalarini sotib ola boshladi va 1980-yilga kelib ARAMKOning tanho egasiga aylandi. Uning korxonalarini boshqarish va neft konlaridan foydalanish bo’yicha mamlakat hukumati bilan maxsus bitimlar tuzgan AQSHning «Ekson», «Shevron», «Teksako», «Mobil» neft kompaniyalari qazib olingan neftning bir qismini oladi. Haryili 200 mln.t neft qazib oladi va 23 mln.t neftni qayta ishlaydi (80-yillar oxiri).