ARANG MUHAMMADXON

ARANG MUHAMMADXON, Arangxon (? — 1688) — Xiva xoni (1686 — 88). Anushaxonning o’g’li. Munisning yozishiga ko’ra, Arang Muhammadxon Xivadan 1 farsax (6-7 kilometr) masofadagi Oqsaroyda o’ziga qarorgoh qurdirgan va ko’p vaqtini o’sha yerda o’tkazgan, tunda Xivaga qaytgan. Bir kuni Xivadan qaytayotganda Badrxon arig’i ko’prigida otdan yiqilib o’lgan. Arang Muhammadxon hukmronligi davrida ko’hna Arkda ko’rinish xona binosi qurilgan. Ad.: Istoriya Xorezma, T., 1976.