ARAVONSOY

ARAVONSOY — Andijon viloyatidagi soy. Qirg’iziston hududidagi Qizilqo’rg’on va Otyaylov tizmalaridan boshlanadi. Uzunligi 90 kilometr. Tog’oraliklarida tor va chuqur daralardan oqadi. Qor va muzdan suv oladi. Suv yig’adigan havza maydoni 464 kilometr kvadrat. Havzasida 18 kichik muzlik bor. O’rtacha yillik suv sarfi 7 m3/ sek. Yillik suv sarfining qariyb 1/3 qismi yer osti suviga to’g’ri keladi. Mart — sentabrda sersuv. Vegetatsiya davrida qariyb 80% suv sug’orishga sarf bo’ladi. Aravonsoy Asaka tumani yerlarini sug’oradi, muzlamaydi. Aravonsoyning quyi oqimi sohilida Aravon shaharchasi joylashgan.