ARBITRAJ
ARBITRAJ (fr. arbitrage) – 1) hakamlar sudi, bunda tomonlar o’zlari saylab qo’yadigan yoki o’zaro kelishuvga binoan, qonunda belgilangan tartibda tayinlanadigan arbitrlarga (hakamlarga) murojaat qiladi; 2) nizo vositachi sudya (arbitr) tomonidan hal etiladigan hakamlar sudi; xo’jalik munosabati ishtirokchilari o’rtasidagi mulkiy va mulk bilan bog’liq nomulkiy nizolarni hal qilib beradigan organ; 3) davlatlar orasidagi nizolarni tinch yo’l bilan hal etuvchi xalqaro organ (masalan, Hakamlar sudining doimiy palatasi; 4) valyuta Arbitraji — bir valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olib, uni ayni vaqtda valyuta kurslari o’rtasidagi farqdan foyda lish maqsadida boshqa valyuta bozorida sotish.