Aribal

Aribal (yunoncha aryballos)-xushbo’y yog’lar solish uchun mo’ljallangan qadimgi yunon idishi; yumaloq, bo’g’zi tor, naqshinkor bo’lgan. Ariballar erkaklarga mo’ljallangan va, asosan, atletlar tomonidan tanasini doimiy parvarishlab turish maqsadida foydalanilgan. Saqlanib qolgan Ariballarning aksariyati sopoldan ishlangan, lekin bronza va chinnidan yasalganlari ham uchrab turadi.