ARIEL

ARIEL — uran sayyorasining yo’ldoshi, diametri 600 kilometrga yaqin. Sayyoradan uzoqligi 191800 kilometr. Arielning orbita tekisligi uran orbita tekisligiga deyarli tik, uning atrofini 2,5 sutkada bir marta aylanib chiqadi.