ARIS

ARIS — Qozog’istonning Janubiy qismidagi daryo, Sirdaryoning o’ng irmog’i. Uzunligi 378 kilometr. Havzasining maydoni 14,9 ming kilometr kvadrat. O’rtacha suv sarfi Aris shahri yonida 46,6 m3/sek. Talas Olatovi bilan Qoratovdagi Qo’lbostov ko’lidan boshlanadi. Qor va yomg’irdan suv oladi. Qishda faqat quyi qismi muzlaydi. Aris suvidan sug’orishda foydalaniladi.

ARIS — Betpakdala (Qozog’iston Respublikasi) g’arbiy qismidagi taxirsho’r ko’l. Qizilo’rda shahridan 140 kilometr shimoli- Sharqda. Tuz cho’kib qoladigan eng yirik ko’llardan biri. Maydoni 173 kilometr kvadrat. Ko’l suvi tubidagi va qirg’oqlaridagi buloq suvlari hisobiga to’lib turadi.

ARIS — Janubiy Qozog’iston viloyatidagi shahar (1956 yildan). Aris daryosi bo’yida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 35 ming kishi (1999). Temir yo’l transportiga xizmat qiladigan korxonalari bor.