ARMRESTLING
ARMRESTLING (inglizcha AGT – qo’l, shgezshpyo — kurash) — sport turi, ikki kishi (sportchi)ning maxsus stolda tirsagini tayanchdan uzmasdan bir-birining qo’lini qayirib mushti sirtini stolga tegizish uchun kurashi. Agar o’ng (chap) qo’l bilan musobaqalashilsa, chap (o’ng) qo’l bilan stoldagi maxsus tutqichdan ushlanadi. Musobaqada vaqt cheklanmaydi. Erkaklar 50, 55, 60, 65, 70, 75, 80, 90, 100, 110 kilogra,, va 110 kilogrammdan ziyod, ayollar 45, 50, 55, 60, 65, 70, 80 kilogramm va 80 kilogrammdan ziyod vazn toifalarida musobaqalashadilar. Armrestling qadimiy kuch sinashish turlaridan biri bo’lishiga qaramasdan 20-asrning 50-yillariga kelibgina AQShdagi olis masofaga qatnovchi avtomobil haydovchilari o’rtasida sport turi sifatida shakllandi. 1962 yilda jahrn armrestling federatsiyasi (UAG’) ga asos solindi, unga 95 davlat (O’zbekiston 1996 yildan) a’zo (2005). Armrestling bo’yicha ilk jahon chempionati 1962 yilda (Osiyo chempionati 2000 yilda) o’tkazildi. Shundan buyon har yili erkaklar, ayollar va yoshlar o’rtasida jahon chempionatlari tashkil qilinadi. Armrestling AQSh, Gruziya, Rossiya, Ukraina, Qozog’iston, O’zbekiston kabi davlatlarda yaxshi rivojlangan. O’zbekistonda Armrestling 20-asrning 90-yillarida sport turlari qatoridan o’rin oldi. 1991 yilda O’zbekiston Armrestling Federatsiyasi tuzildi va O’zbekiston chempionatlari (erkaklar va ayollar o’rtasida) uyushtirildi. Hozirgi vaqtda mamlakatda Armrestling bo’yicha 10 dan ziyod turli toifadagi musobaqalar tashkil etiladi. O’zbekiston Armrestlingchilari 1995 yildan xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. Armrestling bo’yicha o’z vazn toifalarida Umidjon Ahmedov 6 karra (1998 — 2000, 2002, 2003, 2005), Yusuf Qodirov 2 karra (2000, 2002), Farid Usmonov 2 karra (ikki turda, 2005), Mirzohid Sharapov (2005) va yoshlar o’rtasida Komil Kerimov (2001, Sarvinoz Tangatova 2 karra (ikki turda, 2005), Ruslan Muxtorov (2005) jahon chempioni bo’lishdi. Shuningdek, Avazbek Asadov, Jasur Aliakbarov, Elena Shafronova, Amir O’roqov kabi A.chilar jahon chempionati sovrindorlari va Osiyo chempionlaridir. Respublikadagi 67 ta Armrestling bo’limi va to’garaklarida Fikrat Kerimov, Qurbon Konishev, Igor Shishkov, Pavel Dokuchaev kabi 29 nafar murabbiy qo’l ostida 809 kishi (45 nafari ayol) shu sport turi bilan muntazam shug’ullanadi (2005).