ARQOQ
ARQOQ, urish — gazlama to’qishda tanda ipi bilan kesishuvchi va o’rishuvchi ko’ndalang ip. Odatda, Arqoq naychalarga o’ralib, moki vositasida tanda komi (zevi) dan o’tkaziladi. Arqoq tabiiy (ipak, paxta tolasi, jun) va sun’iy (viskoza, neylon, lavsan) tolalardan tayyorlanadi.