ARSHIY XO’JAJAHON YA’QUB

ARSHIY XO’JAJAHON YA’QUB (1706 -1756, Qashqar) — uyg’ur shoiri, davlat arbobi. Oyrot xonligi (1635 -1758) ning Kashqardagi noibi. Arshiy uyg’ur mumtoz she’riyatida lirik janr rivojiga hissa qo’shgan. Navoiyga ergashgan (“ko’ngul” musammani), tatabbular bitgan. Asarlarida insoniylik, vafo, mehr-muhabbat, ezgulik va do’stlikni tarannum etgan, ijtimoiy tengsizlik va huquqsizlikdan noligan. Uning “Xo’jajahon Arshiy” nomli devoni mavjud.