ARSLONBOB sufiy haqida nimani bilasiz?

ARSLONBOB (taxminan 11-asr) – turkistonlik mashhur sufiy. Arslonbobning hayoti, sufiylik faoliyati haqidagi ma’lumotlar Nasabnoma (shajara)larda va qo’lyozma manbalarda qisqacha berilgan, lekin ular ilmiy tadqiq qilinmagan. Ahmad Yassaviyning birinchi ma’naviy ustozi bo’lgan. Yosh Ahmad uning rahbarligida sufiylik tariqatining murakkab amaliy va nazariy bilimlarini olgan. Rivoyat qilinishicha, Arslonbob Qirg’iziston hududidagi shu nom bilan ataluvchi qishloqqa dafn qilingan. Maqbarasi hozirgacha saqlanib qolgan va ziyoratgoh hisoblanadi. Ad.: Trimingem Dj. S, Sufiyskie ordeni v islame, M., 1989.