Arslonquyruq nimani anglatishini bilasizmi
Arslonquyruq nimani anglatishini bilasizmi – yasnotkadoshlar (labguldoshlar) oilasiga mansub, bo’yi 50-150 (200) santimetrga yetadigan ko’p yillik o’t o’simliklar turkumi. Tibbiyotda ikki turning yer ustki qismi ishlatiladi. P.Pyatilepestnoy – besh bargli arslonquyruq va P.obiknovenniy (serdechniy) – oddiy arslonquyruq. O’simlik turlari Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkazning aholi yashaydigan joylariga yaqin yerlarda, bo’sh yotgan va tashlandiq joylar, ekinzorlar va boshqa yerlarda o’sadi. Yer ustki qismi tarkibida flavonoidlar, alkaloidlar, efir moyi, vitamin S, karotin, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Dori preparatlari – damlamasi va surtmasi tinchlantiruvchi vosita sifatida qon bosimini oshishi, asabiylashish va yurak kasalliklarini davolash uchun qo’llaniladi. Markaziy Osiyo xalq tabobatida arslonquyruqning yana bir turi P.turkestanskiy – Turkiston arslonquyrug’ining yer ustki qaynatmasi yurak va me’da kasalliklarini davolashda hamda nerv sistemasi kasalligida tinchlantiruvchi vosita sifatida qo’llaniladi. O’simlik tog’li nohiyalarning o’rta qismidagi toshloq va tuproqli qiyaliklarida o’sadi. Tarkibida flavonoidlar, alkaloidlar, efir moyi, saponinlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Yer ustki qismining surtmasi tinchlantiruvchi va qon bosimini pasaytiruvchi ta’sirga ega ekanligi aniqlangan. Ilmiy tibbiytda ishlatishga tavsiya qilingan.


