ARXARSHAIR

ARXARSHAIR (Schrenkia golickeana) – ziradoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Bo’yi 10 — 55 santimetr. Ildizi bir boshchali, tsilindrsimon. Barglari murakkab patsimon. Guli oq. Soyabon guli 15 — 20 soyabonchadan iborat. Undagi gullari 15 — 20 ta. Arxarshair aprel — mayda gullaydi, mevasi dumaloq, diametri 4 millimetr, may — iyunda etiladi. Arxarshair faqat O’rta Osiyoda tarqalgan. Toshkent va Samarqand viloyatlarining adir va tog’larida turli ekologik sharoitda o’sadi. Arxarshairning quritib yanchilgan ildizi xalq tabobatida yaralarni davolashda qo’llaniladi.