ARXEOLOGIK SANALASH

ARXEOLOGIK SANALASH – arxeologik yodgorliklarning yoshini aniqlash. Ularning sanasi yil, yuz yillar, ming yillarda mutlaq, aniq ko’rsatilishi hamda boshqa yodgorliklarga nisbatan aniqlangan nisbiy (ilgari, so’nggi) bo’lishi mumkin. Arxeologik sanalash arxeologik usullar (stratigrafik, tipologik) va tabiiy fanlar usullari (radio-uglerod usuli bilan sanalash va boshqalar) bilan aniqlanishi mumkin.