ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYALARI

ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYALARI — moddiy madaniyat yodgorliklarini dala-tadqiqot yo’li bilan o’rganish uchun tashkil qilinadigan ekspeditsiyalar. Ularni ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o’quv yurtlari, muzeylar va o’lkashunoslik to’garaklari tashkil etadi. Ko’pincha, kompleks ravishda tuzilib, tarkibiga arxeologlardan tashqari etnograf, antropolog, geograf, tuproqshunos, biolog, botanik va boshqa olimlar kiritiladi. Uzoq yillar ishlashga mo’ljallanib, mustaqil ishlaydigan otryad va guruhlardan iborat qilib tuziladi. Har bir ekspeditsiyaning o’ziga xos nizomi, ilmiy kengashi, maxsus bazasi bo’ladi. Dastlabki arxeologik kuzatuvlar 19-asrning 2-yarmida boshlangan. 1895 yilda Toshkentda Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi tashkil qilingan. 1920 yildan O’zbekistonning har bir viloyatida turli Arxeologiya ekspeditsiyalari ish olib bordi. Eng yirik Arxeologiya ekspeditsiyalari — Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi va Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi 1936 — 37 yillarda tuzilgan. Ekspeditsiyalar O’zbekiston xalqlarining tarixiy va madaniy yodgorliklarini topish va o’rganishga muayyan hissa qo’shdi. Tuproq qal’a, Qo’yqirilgan qal’a, ko’hna Termiz shahri va boshqalardan moddiy madaniyat va san’atning ajoyib yodgorliklari topiddi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Arxeologiya ekspeditsiyalarining faoliyati yanada avj oldi. 1946 yilda Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi, So’g’d-tojik arxeologiya ekspeditsiyasi tashkil qilindi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti otryadlari O’zbekistonning turli tumanlarida tadqiqot ishlarini olib bordi. Akademik Ya. G’ulomov rahbarligidagi Arxeologiya ekspeditsiyalarining Xorazm, Zarafshon va Toshkent vohalarida, Farg’ona vodiysida; A. R. Muhammadjonovning Buxoroda olib borgan arxeologik tadqiqotlari O’zbekistonning qadimgi sug’orish sistemasi va dehqonchiligini o’rganishda, undan xalq xo’jaligi maqsadlarida foydalanishda katta ahamiyatga ega. A. A. Asqarov boshchiligidagi otryadning Sopollitepa, Jarqo’tonla olib borgan qazishmalari ancha samarali bo’ldi. U. I. Islomov rahbarligidagi otryad O’zbekistonning qator viloyatlarida tosh davriga oid yangi yodgorliklarni qazib o’rgandi, Afrosiyob ekspeditsiyasi qadimgi Samarqandni o’rgandi va uning ilk o’rta asrlarga oid devoriy rasmlarini ochdi, Yer qo’rtndya ish olib borgan otryad (R. H. Sulaymonov boshchiligida) antik va ilk o’rta asrlarga oid madaniyat va san’at namunalarini topdi. 1959 yilda G. A. Pugachenkova rahbarligida O’zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi tuzildi. Ekspeditsiya Dalvarzintepa, Xolchayon, Budrochtepada qazishmalar o’tkazib, qizil sopollarning noyob namunalarini topib, tadqiq qildi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin O’zbekiston ba san’atshunoslik ekspeditsiyasi yapon arxeologlari bilan hamkorlikda bu yerda, shuningdek Qoratepa, Termizda keng ko’lamda arxeologik ishlar olib bormoqda. 1964 yildan beri ToshDU (hozirgi O’zMU) arxeologiya kafedrasining Qashqadaryo arxeologik topografiya ekspeditsiyasi Qashqadaryo vohasida ish olib borib, kitob, Shahrisabz shaharlari tarixini o’rgandi, shahar xarobalari, manzilgohlarda qazish ishlari olib bordi. Toshkent shahri va viloyatining tarixiy va madaniy yodgorliklarini Yu. F. Buryakov va M. I. Filanovich rahbarligidagi otryadlar o’rgandi va hokazolar.