ARXIPELAG, Gretsiya arxipelagi haqida nimani bilasiz?

ARXIPELAG, Gretsiya arxipelagi — Yegey dengizida, Bolqon yarim orolidan kichik Osiyo yarim oroli qirg’oqlarigacha cho’zilgan to’dato’da orollar (shimol va Janub Sporadalar, Kikladlar, Evbeya, Xios, Lesbos, Krit va boshqalar). Maydoni 20 ming kilometr kvadrat. Arxipelag orollari uchlamchi davrda Yegey dengizi o’rnida bo’lgan quruqlikning qoldiqlaridir. Barcha orollar tog’ va qirlardan iborat. Balandligi 2456 metrgacha (Krit oroli). Vulkanlar otilib, tez-tez zilzila bo’lib turadi. Doim yashil o’rta dengiz o’simliklari o’sadi. Aholisi subtropik o’simliklar yetishtirish va baliq ovlash bilan shug’ullanadi.

Leave a Reply