ASAD BASHAR

ASAD BASHAR (1965.11.9, Damashq shahri) — Suriya davlat arbobi. Damashq universitetini tugatgan (1988). Hafiz Asadning o’gli. Diviziya generali. 1992 yildan ko’z kasalliklari vrachi sifatida Londonda malakasini oshirgan. 1994-2000 yillarda armiya safida. 2000 yil iyuldan Suriya Arab Respublikasi (sar) Prezidenti. Ayni vaqtda sar qurolli kuchlari bosh qo’mondoni, Arab sotsialistik uyg’onish partiyasining bosh kotibi.