Asalari yelimi (propolis) nimani anglatishini bilasizmi

Asalari yelimi (propolis) nimani anglatishini bilasizmi – yashil-qo’ng’ir yoki to’q qo’ng’ir rangli, o’ziga xos hidli, o’tkir mazali, suvda erimay, spirtda eriydigan, zich yoki yumshoq va yopishqoq massa. Asalarilar buni terak, qayin, qarag’ay va boshqa o’simliklar kurtaklaridan yig’adi va uni yashikning devorlaridagi teshiklarini berkitishga ishlatadi. Propolis smola, balsam, mum, efir moyi va gul changidan tarkib topgan bo’lib, unda vitaminlar, xushbo’y kislotalar, kumarinlar, flavonoidlar, polisaxaridlar va boshqa moddalar bor. Stomatologiyada milk va og’iz bo’shlig’ining yallig’lanish kasalliklarida hamda surunkali eczema, neyrodermitlar, qichishadigan dermatozlar va uzoq bitmaydigan yaralarni davolashda qo’llaniladi.

Leave a Reply