Asalari zahari (yad pcheliniy) nimani anglatishini bilasizmi
Asalari zahari (yad pcheliniy) nimani anglatishini bilasizmi – asalarining zahar ishlab chiqaruvchi bezida to’planadi. U tiniq, asal hidiga o’xshash hidga, achchiq, o’tkir mazaga va kislotali sharoitga ega modda. Tarkibida oqsil moddalar, xolin, gistamin, triptofan, efir moyi, chumoli kislotasi, xlorid va ortofosfat kislotalar; magniy fosfat, ferment moddalar bor. Dori preparatlar – “Apifosfor”, “Apizartrop”, “Virapin” surtmasi bod, poliartrit, trofik yara, chipqon, mushaklar shamollashi (miozit), tromboflebit, endoarterit, astma, bosh og’rig’i (migren), paradontoz kasalliklarini davolashda og’rigan yerga surtiladi yoki inyeksiya qilinadi.


