ASOSIY TON
ASOSIY TON — 1) asosiy chastotalar hosil qilgan tovush toni; har qanday tovush manbai faqat asosiy chastotada tebranib qolmasdan, ayni vaqtda unga karrali bo’lgan yuqori chastotalar (garmonikalar) da ham tebranadi. Garmonikalarga tegishli tovushlar obertonlar deyiladi. 2) musiqada — tabiiy tovushqatorning boshlang’ich (eng pastki) tovushi; Asosiy ton o’zidan hosil bo’ladigan obertonlar (tovush aks sadolari) uchun tayanchlik vazifasini o’taydi. 3) akkordning eng pastki tovushi. 4) musiqiy tuzuk(lar)ning bosh pog’onasi.