ASPERGILLAR

ASPERGILLAR (Aspergillus) — askomisetsimonlar sinfining mog’or zamburug’lar turkumi. Konidiyalar, ya’ni jinssiz yo’l bilan hosil bo’ladigan sporalar yordamida ko’payadi. Sporalari turli xilda va odatda mayin tukchalar bilan qoplangan bo’ladi. Tuproq, devorlar, asrab qo’yilgan emishlar va boshqa nam joylarda yashaydi. Ba’zi turlari kasallik (Aspergillyoz va mikoz) keltirib chiqaradi. Ayrim Aspergillardan limon kislota, glyukonat kislota va pishloq ishlab chiqarishda hamda antibiotiklar olishda foydalaniladi.