ASQAROVA SALIMA
ASQAROVA SALIMA (1922.29.5 – Toshkent — 1997.16.4) — mikrobiolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), biologiya fanlari Doktori (1971), professor (1973). Tolali o’simliklar tajriba stansiyasi (1956 — 58), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti (1960 — 63) Direktori, Toshkent viloyati pedagogika instituti rektori (1971 — 83), shu institutda biologiya kafedrasi mudiri (1983 — 86), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya institutida ilmiy konsultant (1988 yildan). Ilmiy ishlari aktinomisetlarning hayot faoliyatiga, ularning O’zbekistonning asosiy tuproqlarida ekologik-geografik tarqalish qonuniyatlarini va aktinomisetlarantagonistlar tarqalishining amaliy muhim xususiyatlarini aniqlashga hamda ularning g’o’za kasalliklari (vilt, gommoz, ildiz chirishi va boshqalar) ning qo’zg’atuvchilari bilan o’zaro munosabatini o’rganishga bag’ishlangan. Shuhrat medali bilan mukofotlangan (1995).