ASTROGNOZIYA

ASTROGNOZIYA – yulduz turkumlari va ravshan yulduzlarning osmon sferasida joylashishi haqidagi bilim. Astrognoziya olam tomonlari va vaqtni taqribiy aniqlashda hamda meteorlar, kometalar, ravshanligi o’zgaruvchan yulduzlar va yangi yulduzlarni kuzatishda katta yordam beradi.