ASTURIAS (AKSHPAV) MIGEL ANXEL
ASTURIAS (AKSHPAV) MIGEL ANXEL (1899.19.10 – Gvatemala — 1974.9.6) — gvatemalalik jurnalist, yozuvchi va shoir. 1925-33 yillar Yevropada Emigratsiyada bo’lgan. “Gvatemala afsonalari” (1930) kitobida Mayya qabilasi mifologiyasini she’riy yo’lda aks ettirgan. “Senor prezident” (1946) romanida zulmga asoslangan rejimni fosh qilgan. Asturiasning dunyoga tanitgan romantrilogiyasi 20-asr Gvatemala xalqining ozodlikka erishish yo’lidagi kurashi g’oyalari bilan sug’orilgan (“kuchli shamol”, 1950; “yashil Papa”, 1954; “dafn etilganlar ko’zi”, 1960). “Jo’xori odamlar” (1949), “mulat ayolning o’zginasi” (1964), “Lid Sol ko’zgusi” (1967) romanlari ham bor. Asturias ijodiga Gvatemaladagi mahalliy aholi (mayyalar) urf-odatlari, folklori sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Nobel mukofoti laureati (1967).