Atmosfera

Atmosfera (yunoncha atmos – bug, sfera - shar) - Yer bilan bir butundek - birga aylanadigan havo qobigi. Atmossferaning Yer yuzasidan 100-120 km balandlikkacha bolgan qatlami azot (78,08%), kislorod (20,95%), argon (0,93%) va karbon kislota gazi (0,03%) aralashmasidan iborat. Atmosferada bu gazlardan tashqari, suv buglari, chang va juda kam miqdorda siyrak gazlar (neon va b.) bor. Atmosferada 10 km gacha balandlikda asosan yerda hosil bolgan chang (Yerda yondiriladigan yoqilgi qurumi va kukuni, vulkan otilganda chiqadigan mahsulotlar, shamol bilan kotariladigan tuproqning mayda zarrachalari va b.) boladi. Katta balandliklarda esa, meteor jismlar yonishidan paydo bolgan kosmik chang boladi. Ayniqsa atmosferaning yerga yaqin qatlamida chang kop, bu yerda quruq havoda 1 sm.kub havoda 100 mingtagacha chang zarralari bor. Balandlik ortgan sari atmosferaning zichligi, bosimi, harorati va boshqa fizik va kimyoviy xossalari ozgaradi. Atmosfera massasining 50% i 5 km gacha balandlikda, 99%i esa 30 km gacha balandlikda toplangan. 1 m.kub havo ogirligi dengiz sathida 1290 g ga teng bulsa, 40 km balandlikda -4 g. Balandlik oshgan sayin haroratning ozgarishiga qarab atmosfera quyidagi 5 ta sferaga bolinadi: troposfera (Yer yuzida 8-17 km gacha), stratosfera (8-17 dan 40-50 km gacha), mezosfera (50 dan 80-85 km gacha), termosfera yoki ionosfera (85 dan 1000 km gacha), ekzosfera (1000 km dan yuqorida).