ATOM ENERGIYASI BO’YICHA YEVROPA AGENTLIGI

ATOM ENERGIYASI BO’YICHA YEVROPA AGENTLIGI (AEYA) — Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) a‘zolari bo’lgan G’arbiy Yevropa mamlakatlarining atom sanoati sohasidagi birlashmasi. U 1957-yil dekabrda tuzilgan. AEYAning o’z ustavi, rahbar qo’mitasi (Parijda joylashgan) va xalqaro kotibiyati bor. AEYA faoliyati atom korxonalarini birgalikda qurishga, o’zaro ilmiy-texnika hamtsorligini rivojlantirishga, atom energiyasidan foydalanish masalalarida milliy qonun va tartiblarni kelishibolishga qaratilgan. U Atom energiyasi bo’yicha Yevropa hamkorligi (AEEH) bilan yaqin aloqada.