ATTASHE
ATTASHE (fr. – aynan, birkitilgan) — 1) 1- diplomatik martaba. Attashe martabasi deyarli barcha davlatlar qonun hujjatlariga binoan tashqi ishlar vaziri buyrug’i bilan diplomatik vakolatxonalar va idoralarning ikki-uch yillik ish tajribasi bo’lgan xodimlariga beriladi; 2) harbiy, harbiy-dengiz, harbiy-havo Attashelari – o’z mamlakati tegishli qo’shinlar turlarining Attashe xizmat qilib turgan boshqa bir davlat qurolli kuchlari hududidagi diplomatik vakolatxonasining lavozimdor shaxslari, ular diplomatik vakilga barcha harbiy masalalar bo’yicha yordam ko’rsatishadi. Mavqeiga ko’ra, harbiy Attashelar diplomatga tenglashtirilib, diplomatik korpus tarkibiga kiritiladi va diplomatik imtiyozlar va daxlsizlik huquqiga ega bo’ladi; 3) savdo, moliya, qishloq xo’jaligi, fan va texnika, baliqchilik, shuningdek madaniyat hamda matbuot bo’yicha Attashe – diplomatik vakolatxonaning mazkur sohalarga oid masalalar bilan shug’ullanuvchi xodimlari, diplomatik imtiyozlar va daxlsizlik huquqiga, matbuot bo’yicha Attashe esa diplomat martabasiga ega.