AUDIT
AUDIT – muayyan vakolatlar berilgan shaxslar auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidan xo’jalik yuritayotgan subyektlarning moliyaviy hisobotlari to’g’riligi, ular amalga oshirgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalari O’zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga qay darajada muvofiqligi, shuningdek, mukammaligi va asosliligi, buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir talablarga qay darajada monandligini tekshirish maqsadida o’tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va tahlilidir.