Vitraj
Vitraj – 1) deraza, eshik bo’shlig’i yoki alohida romga o’rnatilgan, rangli oynadan yasalgan mavzuli yoki manzarali tasvir; 2) oyna, eshik, bo’laklarining bir qismi bo’lgan yoki mustaqil panelni ifodalovchi oynadan yoki … Read More

Viskozimetr – 1) qovushqoqlikni o’lchaydigan asbob; 2) moddaning dinamik yoki kinematik viskozitesini aniqlash uchun qurilma. SGS (santimetr-gramm-sekund) va O’T (o’lchov tizimi) birliklarida dinamik yopishqoqlik mos ravishda poise va paskal soniyalarda … Read More
Vintli (kiydirma metall uchli) svaylar – maxsus o’rnatgichlar (mashinalar) bilan gruntga vertikal va yoki 450 burchak ostida yuklantiriladigan svaylar.
Vintlab to’ldiriladigan svaylar – skvajina stvoli bo’yicha vintli o’rash orqali shu skvajinaga shakl beruvchi ichi bo’sh uchlikni vintlashtirish, shu uchlikni aylantirib chiqargandan keyin hosil qilingan bo’shliqqa beon qorishmasini uzatish bilan … Read More
Vint (murvat) – elementlarni birlashtirish va fiksatsiyalash uchun mo’ljallangan, bitta uchida tashqi rezbaga, ikkinchi uchida burovchi momentni uzatish uchun konstruktiv elementga ega bo’lgan sterjent shaklidagi mahkamlash detail.
Vimperg – binolar peshtoq (portal)lari va deraza o’rinlari yuqori qismini yakunlovchi baland, o’tkir uchli dekorativ fronton.
Vizir – T shaklida reyka, yer ko’tarmasini (polotnosini) qismlarga bo’lish, kichik joylarda uning tekisligini tekshirish uchun ishlatiladi. Masalan: qo’zg’almas vizir, qo’zg’aluvchi vizir va boshqalar.
Vershok – eski rus uzunlik birligi, dastlab ko’rsatkich barmoq uchining asosiy uzunligiga teng bo’lgan. Vershok so’zi tepadan “biror narsaning yuqori qismi, tepasi, uchi” ma’nosida kelgan, 4,4 sm.ga teng.