Belitli portlandtsement
Belitli portlandtsement – normalanuvchi mineralogik taskibli portlandtsement klinkeri, gips va faol mineral qo’shimchalarni (15%gacha) qo’shib, aralashtirish orqali olinadigan gidravlik bog’lovchi modda.

Belitli portlandtsement – normalanuvchi mineralogik taskibli portlandtsement klinkeri, gips va faol mineral qo’shimchalarni (15%gacha) qo’shib, aralashtirish orqali olinadigan gidravlik bog’lovchi modda.
Belit – portlandtsement klinkerining ikkilamchi asosiy minerali; u sekin qotishi bilan ajralib turadi, lekin portlandtsementni uzoq vaqt davomida qotishida uning yuqori mustahkamlikka erishishini ta’minlaydi.
Belilar (oq bo’yoq) – har xil tarkibli oq bo’yoq. Masalan: qo’rg’oshinli belila, titanli oq bo’yoq, ruxli oq bo’yoq va hokazolar.
Belgilash (belgi qo’yish) – biror narsani belgilash, biror narsaga ishora qilish maqsadida qo’yilgan belgi, ishora. Masalan: egish uchun belgi qo’yish, fazoviy belgilash va hokazolar.
Belgilash (taxmin, chama, xomaki reja) – umumiy hisobda qayd etilgan, dastlabki reja.
Belgilar qo’ymoq – kimnidir yoki biror narsani himoya qilish, o’rab olish maqsadida belgilar bilan jihozlash. Masalan: qurilish maydoniga belgilar qo’ymoq.
Belgilamoq (belgi qo’ymoq) – biror-bir belgi, nishon bilan belgilab qo’ymoq. Masalan: belgilar yordamida belgilamoq, qoziqlar yordamida belgilamoq (belgi qo’ymoq) va hokazolar.
Belgi qo’yish – muayyan maqsadlar uchun oldindan ajratish, belgilash. Masalan: kern bilan belgi qo’ymoq, qoziqchalar bilan belgi qo’ymoq va hokazolar.
Belgi (belgilash nuqtai nazaridan) – biror narsa qayd etilgan yorliq va boshqalar. Masalan: asosiy belgi, nuqtalarni belgilash, shartli belgi va hokazolar.
Belgi (nishon, yo’nalish belgisi, sath, alomat ma’nosida) – 1) harakat yo’nalishini aniqlash, nishonni topishga yordam beruvchi yassilikda yaqqol ko’rinadigan ko’chmas jism; 2) biror narsani farqlash yoki belgilash, biror narsaga ishora … Read More