Baryer (to’siq, hoshiya)
Baryer (to’siq, hoshiya) – 1) yo’ldagi jismoniy to’siq; 2) erkin o’tishning oldini olish uchun yo’l boylab yoki baland kirish joylarida yiqilishning oldini olish uchun yo’l bo’ylab yoki kirishning yon tomoniga … Read More

Barpo etish (qad ko’tarish) – qurish, bino ko’tarish, qad ko’tarish, barpo etish, yuksaltirish. Masalan: yo’l ko’tarmasi qurish, bino qad ko’tarishi, to’kmani ko’tarish, inshootni barpo etish va hokazolar.
Barokko – XVI-XVII asrlarga oid bino va haykallar yaratish usuli.
Barmoq (o’q) – turli maqsadlar uchun mashinalar va mexanizmlar ayrim qismlarining qisman harakatlanishi uchun mo’ljallangan moslama. Masalan: oshiq-moshiq o’qi.
Barit – mineral, bariy sulfati. Sanoatning bo’yoq, rezina, tsement, shisha, keramika va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida inert to’ldiruvchi sifatida kukun ko’rinishida qo’llaniladi.
Barelyef (bo’rtma naqsh) – tasvir devordan yarimdan kamroq bo’rtib chiqib turuvchi tekislikdagi haykalli bezak.
Bargak – mayda barg, marjon barg.
Barg – 1) o’simlik bargi; 2) o’simlik bargaining badiiy ifodasi, naqsh kompozitsiyasida asosiy tashkil etuvchi qismlardan biri.