Balbal
Balbal – 1) odam qiyofasi yo’nilgan qadimgi qabr toshi; 2) turkiy xalqlar o’tmishiga doir qadimiy oba – balballar Oltoydan Karpatgacha bo’lgan o’lkalarda saqlanib qolgan.

Balbal – 1) odam qiyofasi yo’nilgan qadimgi qabr toshi; 2) turkiy xalqlar o’tmishiga doir qadimiy oba – balballar Oltoydan Karpatgacha bo’lgan o’lkalarda saqlanib qolgan.
Balandlik o’lchagich – balandlikka o’lchash uchun mo’ljallangan asbob.
Balandlik – vertikal yo’nalishda ob’yekt yoki uning joylashgan joyining o’lchovi. Masalan: mutlaq balandlik, portlash vaqtida xavfsizl balandlik va hokazolar.
Baland imoratlar quruvi – yuqori balandlikda binolar devorlarini qurish, o’rnatish va boshqalar bilan shug’ullanadigan quruvchi-usta.
Balandlashtirilgan arka – ko’tarilish o’qi yarim oraliqdan butun oraliqqacha bo’lgan arka.
Baland rostvyorka – yostig’i grunt yuzasidan yuqorida joylashgan va gruntga tegmaydigan rostvyorka.
Baland – bo’y-basti baland, daroz. Baland masjid, Bog’i baland va hokazolar.
Baqo (abadiylik, mangulik, abadiyat. Samarqand me’moriy yodgorliklari sirkor bezagiga yirik ko’fiy xati bilan yozilgan “Al-baqo lilloh, al-mulk lilloh” (“Alloh boqiy, mulk Allohniki”…) kabi hikmatlar ko’p uchraydi.
Baqam (lotincha: Pterocarpus santalinus) – 1) sharqiy tropic Osiyo va Tseylonning bargli o’rmonlarida o’sadigan kichik qizil daraxt; dukkakli oilasining Pterokarpus jinsi turlari; 2) badiiy o’ymakorlikda keng ishlatiladi.
Bakcha (kichik idish) – suyuqliklarni saqlash yoki tashish uchun mo’ljallangan kichik idish. Odatda mos keladigan qurilma, apparat, tizimning asosiy baklardan kichikroq bo’ladi. Masalan: avtomatik yuvish bakchasi, havo bakchasi, qabul qilish … Read More