Aralashma

Aralashma – boshqasiga qo’shilgan, aralashgan yoki boshqasining tarkibida mavjud bo’lgan modda. Masalan: zararli aralashma, ifloslantiradigan aralashma, metall aralashma, yonmaydigan aralashma, organic aralashma, tashqi aralashma va hokazolar.

Aravacha

Aravacha (italyancha carretta aravacha) – 1) yo’naltiruvchilar bo’ylab harakatlanadigan va / yoki podshipniklarda aylanadigan mashina yoki mexanizm birligi; 2) kichik arava; 3) ayrim mashina, mexanizmlarning harakatlanish, sirlanish qismi maxsus. Masalan: … Read More

Arava

Arava – yuk tashish vositasi. Mahalliy binokorlikda asosiy yuk tashuvchi vosita bo’lgan. Tosh konidan bosh bo’laklari, xumdondan g’ishtdan arava yordamida tashib keltirilgan.

Apparel

Apparel – 1) zinasiz qiyalik; 2) yuklarni ortishga mo’ljallangan temir-beton platforma, shuningdek, harakatlanish uchun qulay qiyalik binoga (inshootga) qurish uchun qisqa qiyali joylashgan plita ko’rinishidagi qurilma.

Apparat

Apparat – mexanizmlar, jihozlar-biror vazifani bajarish uchun qism yoki elementlar to’liq to’plami. Misol: payvandlash apparati, yelim pishirish apparati, qum purkash apparati, chok payvandlash apparati, silliqlash apparati.