Trizm nima degani
Trizm nima degani – chaynov mushaklarining tonik qisqarishi; jag’larning qattiq jipslashishi.

Trizm nima degani – chaynov mushaklarining tonik qisqarishi; jag’larning qattiq jipslashishi.
Trigonit nima degani – qovuq uchburchagining yallig’lanishi; bunda uchburchakning shilliq pardasigina yallig’lanib, qolgan qismi sog’ bo’ladi.
Tremor nima degani – asab tizimining ba’zi funksional va organik kasalliklarida vujudga keladigan mushaklarning beixtiyor ritmik qisqarishi.
Traxeya, kekirdak nima degani – yerda yuruvchi umurtqali hayvonlar va odam nafas yo’lining bir qismi, hiqildoq bilan bronxlar o’rtasida joylashgan.
Traxelorafiya nima degani – bachadonning shikastlangan bo’yinni tikish, shaklini qayta tiklash.
Termalgiya nima degani – issiqlik yoki sovuqlik ta’sirida og’riq paydo bo’lishi; siringomiyeliya va ba’zi boshqa kasalliklarda uchraydi.
Termanesterziya nima degani – issiq yoki sovuqni sezish qobiliyatining butunlay yo’qolishi; termanesteziya orqa miyaning orqa shoxlari zaiflashishi natijasida ro’y beradi.
Termoregulyatsiya, issiqlikni boshqarish nima degani – tana haroratini turg’un darajada tutib turadigan odam organizmidagi fiziologik jarayonlar yig’indisi.
Tetaniya, talvasaga tutish nima degani – moddalar almashinuvi buzilishi (qonda kalsiy miqdorining kamayishi) oqibatida umumiy va mahalliy talvasa tutishi va asab tizimi qo’zg’aluvchanligining oshishi bilan ifodalanadigan kasallik.
Tipi visshiy nervnoy deyatelnosti, oliy nerv faoliyatining tiplari nima degani – bosh miya po’stloq qavatidagi nerv jarayonlarining asosiy tug’ma xossalari – ularning kuchli, muvozanatlashganligi va harakatchanligining yig’indisi (4 ta tur).