Xondrofit nima degani
Xondrofit nima degani – uzun naysimon suyaklar epifizar tog’ay qismining o’simtasi; odatda ohaklanish va ossifikatsiya (suyak hosil bo’lishi)ga uchraydi.

Xondrofit nima degani – uzun naysimon suyaklar epifizar tog’ay qismining o’simtasi; odatda ohaklanish va ossifikatsiya (suyak hosil bo’lishi)ga uchraydi.
Xromota, oqsoqlik, cho’loqlik nima degani – oyoq arteriyalari kasalligining simptomi. Yurishni qiyinlashtiradigan og’riq sezgisi, og’irlik, uvishib qolish bilan ifodalanadi, oyoqlar harakatidagi simmetriya buziladi.
Xryashevaya tkan, tog’ay to’qima nima degani – hujayralari va ko’p miqdorda hujayralararo moddasi bor biriktiruvchi to’qima turlaridan biri.
Xryash, tog’ay nima degani – oq, qon tomirlarsiz, bir jinsli, yarim tiniq, biriktiruvchi to’qima (xondrin). Uning lakunalarida yadroli hujayralar mavjud.
Xrustalik, ko’z gavhari nima degani – ko’z nur sindiradigan apparatning qismi. Ko’z qorachig’i orqasida joylashgan; ikki tomoni qavariq shisha shakliga ega.
Tsista nima degani – ko’plab soda mikroorganizmlarning noqulay sharoitda yashash shakli, qattiq pardaga o’ralgan bo’ladi. Sista shaklidagi parazitlar atrof-muhit orqali yuqadi (ichak mikroblari) yoki xo’jayin to’qimasida uzoq vaqt yashaydi (toksoplazmalar).
Tsirroz pecheni, jigar sirrozi nima degani – jigarning rivojlanib boradigan kasalligi; jigar hujayralari distrofiyasi va nekrozi, jigar to’qimasining tugunli regeneratsiyasi, biriktiruvchi to’qimaning o’sib qalin tortishi, jigar bo’laklari va tomirlari tuzilishining … Read More
Tsianoz nima degani – teri va shilliq pardalarining ko’kimtir tusga kirishi. Venoz qon dimlanishida yoki qon karbonat kislota bilan to’yinganda paydo bo’ladi; qonda kislorod yetishmasligi sabab bo’ladi.
Tsefalogematoma (kefalgematoma) nima degani – chaqaloq boshining “qon o’smasi”, kalla suyaklarining tashqi yuzasi bilan suyak usti pardasi o’rtasiga qon quyilishidan hosil bo’ladi.
Tsistoskopiya nima degani – siydik chiqarish kanali orqali qovuqqa kiritiladigan maxsus asbob (sistoskop) yordamida qovuqning ichki yuzasini ko’rib, qovuqni tekshirish usuli.