Supressiya menzium nima degani
Supressiya menzium nima degani – boshlangan hayzning ushlanib qolishi yoki butunlay to’xtashi.

Supressiya menzium nima degani – boshlangan hayzning ushlanib qolishi yoki butunlay to’xtashi.
Suppuratsiya, yiringlash, fasod oqishi nima degani – yiring hosil bo’lishi yoki chiqishi.
Suppozitoriy, shamcha nima degani – konus yoki silindirsimon formadagi qattiq dori shakli; orqa chiqaruv yo’liga kiritiladi.
Stomatit nima degani – og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining yallig’lanishi va uning distrofik o’zgarishlari.
Stimulyatsiya, kuchaytirish nima degani – kasal organizm, uning bir qismi yoki a’zoning funksional faoliyatini kuchaytirish.
Stenokardiya (grudnaya jaba), ko’krak qishilishi nima degani – to’sh suyagi orqasida ba’zan yurak sohasida og’riqning zo’rayishi.
Supinatsiya nima degani – bilakning yoki oyoq tovonning tashqariga burilishi.
Supinator nima degani – 1) bilakni tashqariga buruvchi mushak; 2) yassi oyoqlikda qo’llaniladigan ortopedik patak.
Superfetatsiya nima degani – homiladorlik boshlanganidan biroz vaqt o’tganidan so’ng ikkinchi bir tuxum hujayraning urug’lanishi.
Sumka, xalta nima degani – ichida ozroq suyuqligi bor tabiiy berk bo’shliq.