Reanimatologiya nima degani
Reanimatologiya nima degani – tibbiyotning odam organizmni funksiyalarining so’nishi va qayta tiklanishining asosiy qonuniyatlarini o’rganadigan bo’limi.

Reanimatologiya nima degani – tibbiyotning odam organizmni funksiyalarining so’nishi va qayta tiklanishining asosiy qonuniyatlarini o’rganadigan bo’limi.
Revmatizm, bod nima degani – umumiy infeksion-allergik kasallik; bunda biriktiruvchi to’qima tizimli yallig’lanadi, jarayon asosan yurak-qon tomir sistemasida va ko’pincha boshqa ichki a’zolarda va bo’g’imlarda bo’ladi.
Revmatologiya nima degani – tibbiyotning biriktiruvchi to’qimaning tizimli kasalliklari (bod kasalligi, tizimli qizil yuguruk, tizimli sklerodermiya, dermatomiozit, tugunchali periarteriit), artritlar (revmatoid va boshqalar), osteoartrozlar va bo’g’imlar atrofidagi to’qimalar shikastlasnishlari (periartritlar, … Read More
Regeneratsiya, qayta tiklanish – 1) tiklanish, asliga kelish; o’lgan hujayralar, to’qimalarning qayta tiklanishi; 2) biologiyada – organizmda olib tashlangan yoki shikastlangan qism o’rnida yangi qism hosil bo’lishi.
Regurgitatsiya nima degani – organik yoki funksional sabablarga ko’ra kovak a’zolar va tizimlar (ovqat hazm qilish va siydik yo’llari, yuak-qon tomir tizimi, bachadon va boshqalar)dan qon, suyuqlik va gazlarning orqaga … Read More
Rezektsiya, kesib tashlash nima degani – a’zo, suyaklarning bir qismini operatsiya yo’li bilan kesib tashlash. Odatda saqlanib qolgan qismlari birlashtirib qo’yiladi.
Rezistentlik nima degani – 1) a’zoning mexanik qarshilik ko’rsatish qobiliyati (mexanik rezistentlik); uni paypaslab tekshirishda aniqlanadi (qattiqlanishi, o’smasi); 2) organizmning pathogen omillar ta’sirida bardoshligi; 3) mikroblarning antibiotiklar, sulfanilamidlar va boshqa … Read More
Rezorbtsiya, so’rilish nima degani – suyuq, gazsimon yoki mumkin qadar maydalangan qattiq moddalarning me’da-ichak yo’lidan (oziq-ovqat mahsulotlari), seroz bo’shliqlar devorlaridan (ekssudat), teri osti kletchatkasidan (teri ostiga yuborilgan dori-darmonlar), teridan va … Read More
Rekovvalestsentsiya nima degani – kasallikdan tuzalib kelayotgan davr, bunda kasallikning klinik belgilari bo’lmasa-da, lekin organizmning dastlabki holati to’liq tiklanmagan bo’ladi.
Rekretsiya kletok, hujayralar rekretsiyasi nima degani – metabolism jarayonida hujayra ichidagi kimyoviy xususiyatlari o’zgarmagan moddalarning hujayralardan chiqarilishi.