Sustavnoy disk, bo’g’im diski nima degani
Sustavnoy disk, bo’g’im diski nima degani – bo’g’im yuzalari orasida joylashgan ayrim bo’g’imlarning tog’ayli hosilasi; bo’g’im kongruentligini oshiradi va amortizator vazifasini bajaradi.

Sustavnoy disk, bo’g’im diski nima degani – bo’g’im yuzalari orasida joylashgan ayrim bo’g’imlarning tog’ayli hosilasi; bo’g’im kongruentligini oshiradi va amortizator vazifasini bajaradi.
Suxojiliye, pay nima degani – mushakning suyaklarga birikib, ularni harakatga keltiradigan biriktiruvchi to’qimali qismi (masalan, ko’z yuqori egri mushagining payi).
Suxotka, chopdek ozish nima degani – avj olib boradigan holsizlanish, madorsizlanish, asab tizimining surunkali zaxm kasalligi, asosan orqa miyani zaralantiradi.
Sfinkter, qisib turuvchi halqasimon mushak nima degani – biron-bir teshikni yopuvchi va kovak a’zo (masalan, to’g’ri ichak sfinkteri)ni qisib turuvchi halqasimon mushak.
Sivorotka, zardob nima degani – 1) suyuqlikning (masalan, qon limfa, sut va hokazolar) suvli tarkibiy qismi; 2) seroz pardalar yuzasini namlab turadigan tiniq suvli suyuqlik.
Sivorotki immunniye, immun zardoblar nima degani – mikrob va mikrobsiz biron-bir antigen bilan immunlangan, hayvonlar qonidan olinadigan va tarkibida tegishli spetsifik antelalari bo’lgan zardoblar.
Tembr, tovush sifati nima degani – har bir shaxs uchun o’z tovushining xususiyati; birday baland tovush ohanglarini bir-biridan ajratishga yordam beradi.
Taxikardiya nima degani – yurak urishining tezlashishi. Jismoniy va aqliy zo’riqishda, hayajonlanishda, isitma chiqqanda, yurak-tomirlar va asab tizimi kasalliklarida, ichki sekretsiya bezlari kasalliklarida, intoksikatsiyalarda paydo bo’ladi.
Tanatofobiya nima degani – o’lib qolishdan qo’rqish; miyada joylashib qolgan qo’rquv. U ayniqsa, qon bosimi (gipertoniya) kasalligi bor bemorlarda ko’proq uchraydi.
Tampon, pilik nima degani – steril doka – uning yordamida jarohat yoki kovak to’ldiriladi. Masalan, qon oqishini to’xtatish yoki ajralib chiqayotgan suyuqlikni chiqarish maqsadida.