Tovush o’tkazmaydigan
Tovush o’tkazmaydigan – ulardan tovushlar, shovqinlar o’tmaydi.
Tovush o’tkazmaydigan – ulardan tovushlar, shovqinlar o’tmaydi.
Tovush to’sgich (tovushdan himoya) – xonaga tashqaridan kiruvchi shovqin darajasini pasaytirish. Yopuvchi konstruksiyalar tovush izolyatsiyasining miqdoriy o’lchovi detsibelarda ifodalanadi. Ovoz o’tkazmaydigan qavatlarga bo’lgan ehtiyoj darajasi qurilishda ishlatiladigan materiallarning xususiyatlariga va … Read More
Tovush pasaytirgich – turli qurilmalardan atmosferaga chiqadigan gazlar yoki havodan shovqinni kamaytirish uchun qurilma. Shamollatish moslamalaridan ventilyatsiya kanallari orqali uzatiladigan shovqinni kamaytirish uchun ventilyatsiya tizimlarida shovqinni kamaytirish uchun qurilmalar qo’llaniladi.
Tovon usti – tog’-kon va temir yo’l texnikalarining to’g’ri va samarali ishlashi uchun zarur bo’lgan ehtiyot qism turi.
Toblangan shishadan olingan polotna – toblangan shisha listlari, ularning qirralariga, shisha eshiklarni tayyorlash va vitrinalarni qurishda foydalaniladigan metall furniturani mahkamlash uchun teshiklar va kesib olingan joylariga ishlov beriladi.
Toblangan – chidamli, qiyinchiliklarni yengib o’tish qobiliyatiga ega bo’lgan, qiyinchiliklarga bardosh beradigan.
Tobadon – eshik, dezara tepasidagi kichik darcha, tuynuk. Ko’pincha panjara bilan to’siladi. Xona ichkarisini shamollatish, yoritish uchun xizmat qiladi. Qadimgi binolarda keng qo’llanilgan.
Tob tashlash (qayishish, qiyshayish) – metallning notekis isishi yoki sovishi, deformatsiyasi yoki fazaviy o’zgarishlari natijasida yuzaga keladigan icchki kuchlanishlar ta’sirida mahsulot shaklining buzilishi. Masalan: yog’ochning tob tashlashi.