Polipoz (polini) nima degani
Polipoz (polini) nima degani – kelib chiqish sabablari har xil bo’lib, a’zo yuzasidan bo’rtib chiqib turadigan, unga oyoqchasi yoki asosi bilan birikib olgan to’qimasi tuzilmasi.

Polipoz (polini) nima degani – kelib chiqish sabablari har xil bo’lib, a’zo yuzasidan bo’rtib chiqib turadigan, unga oyoqchasi yoki asosi bilan birikib olgan to’qimasi tuzilmasi.
Polip nima degani – surunkali yallig’lanish natijasida shilliq pardoning ma’lum qismida paydo bo’lgan so’rg’ichsimon o’siq. A’zo ustida bo’rtib chiqib turadi, a’zo bilan asosi yoki oyoqchasi orqali bog’langan.
Salniye jelezi, yog’ bezlari nima degani – chiqaruvchi yo’li kalta va tagi tarmoqlangan oddiy alveolyar bezlar. Terida dermaning so’rg’ich va to’r qavatlari chegarasida joylashib, o’ziga xos sekret-teri yog’ini ishlab chiqaradi.
Salnik, charvi nima degani – odatda o’zida ko’p yog’ saqlaydigan qorin visseral pardasining katta buklamasi.
Saktosalpinks nima degani – bachadon naylarida suyuqlik (yiring, qon, seroz suyuqlik) yig’ilishi bilan birga kechadigan kasallik.
Salmonellez(i) nima degani – odam va hayvonlarning salmonellalar paydo qiladigan o’tkir ichak kasalliklari.
Razdrajayushiye sredstva, ta’sirlantiruvchi vositalar nima degani – davo maqsadida qo’llanilganda teri va shilliq pardalarda sezuvchan nerv oxirlarini ta’sirlash qobiliyatiga ega bo’lgan preparatlar.
Radujnaya obolochka glaza, ko’zning rangdor pardasi nima degani – ko’z gavharidan oldin turuvchi va ko’zning oldingi va orqa kameralarini bo’lib turuvchi ko’z kosasining tomir qobig’ining oldingi qismi; sirkulyar va radial … Read More
Radiologiya nima degani – ionlashtiruvchi nurlarning tibbiyotda qo’llanilishini o’rganadigan fan.
Radikulit nima degani – ildiz nevriti; orqa miya nervi ildizlarining yallig’lanishi.