Rovon
Rovon – bengalcha: baranda-binoga o’rnatilgan yoki biriktilgan (qoplama moslamasi bilan), deraza bilan qoplangan yoki qoplanmagan, isitilmaydigan xona.
Rovon – bengalcha: baranda-binoga o’rnatilgan yoki biriktilgan (qoplama moslamasi bilan), deraza bilan qoplangan yoki qoplanmagan, isitilmaydigan xona.
Rivojlanish (o’sish) – tabiat va jamiyatdagi harakat hamda o’zgarishlarning bir turi bo’lib, bir sifatdan, holatdan ikkinchisiga, eskidan yangiga o’tish bilan bog’liq jarayon.
Respublika me’yoriy hujjati – loyihalash va qurilishda majburiy talablarni qamrovchi me’yoriy hujjat.
Reper – mutlaq balandligi ma’lum bo’lgan yer yuzasining muayyan nuqtasida joylashgan belgi. Masalan: gruntga o’rnatilgan reper, nazorat reperi, tayanch reper, ishchi reper, devor reperi va hokazolar.
Reologiya – moddaning deformatsiya xususiyatlari va suyuqligini o’rganadigan fizika bo’limi. Fizik va kolloid kimyo kabi fanlar natijalariga asoslanib, reologiya elastiklik nazariyasi va gidrodinamika o’rtasida oraliq pozitsiyani egallaydi. Masalan: gruntlar reologiyasi.
Renessans (uyg’onish davri) – (fransuzcha: Renaissance davri, italyancha: Rinascimento, lotincha: renasci-qayta tug’ilish, uyg’onish davri) eng buyuk madaniy va tarixiy davrlardan biri. O’rta asrlar va Yangi asr o’rtasidagi Yevropa tarixida burilish … Read More
Rels (iz, temir yo’l izi) – (inglizcha: rails, lotincha: regula) temir yo’l transporti, shahar temir yo’llari shaxtalardagi ixtisoslashtirilgan poyezdlar, karyerlar, kran uskunalari va boshqalar harakatlanadigan yo’lni tashkil qilish uchun shpal … Read More
Reysshina (chizg’ich) – bir uchida orthogonal to’siq bo’lgan chizma o’lchagich, parallel chiziqlar chizish uchun ishlatiladi.
Reysfeder (tushqalam) – chizma qalami, siyoh yoki bo’yoq bilan qog’ozga chiziq va belgilar chizish asbobi.