Ataksiya, harakatlanish funksiyasining buzilishi nima degani
Ataksiya, harakatlanish funksiyasining buzilishi nima degani – harakatlar koordinatsiyasining buzilishi.
Ataksiya, harakatlanish funksiyasining buzilishi nima degani – harakatlar koordinatsiyasining buzilishi.
Astsist nima degani – qorin bo’shlig’ida ko’p miqdorda erkin suyuqlik (odatda, transsudat) yig’ilishi.
Astenopiya nima degani – o’qish vaqtida ko’zning tez charchashi.
Atrofiya zritelnogo nerva, ko’ruv nervi atrofiyasi nima degani – ko’ruv nervi tolalarining atrofiya bilan kechishuvchi destruksiyasi. Ko’rish qobiliyati pasayadi yoki umuman yo’qoladi.
Auskultatsiya nima degani – ichki a’zolar faoliyati bilan bog’liq tovushlarni eshitish. Ma’lum a’zo faoliyati va undagi buzilishlarga tashxis qo’yish uchun qo’llaniladi.
Autoreproduksiya nima degani – organizmlar yoki organizm qismlarining o’zini qaytadan tiklash qobiliyatiga egaligi, shuningdek, viruslarning ma’lum muhitda dastlabkiga o’xshash tuzilmalar sintez qila olishi.
Afti (yazvozki), yarachalar nima degani – shilliq pardalar epitelisining yuzaki nekrozga uchragan kichikroq joylari. Asosan, og’iz bo’shlig’ining shilliq pardasida, ba’zi hollarda burun, ko’z, jinsiy a’zolarning shilliq pardalarida paydo bo’ladi.
Atsidoz nima degani – organizmda kislota-ishqor muvozanatining buzilishi; qon va to’qimalarda uchuvchan va uchmaydigan kislotalar anionlarining haddan tashqari ko’p bo’lishi bilan ifodalanadi.
Axalaziya nima degani – siydik sistemasi hamda oshqozon-ichak yo’lining o’tish qismlarida (pylorus kardiya) joylashgan silliq mushaklari sfinktlarning bo’shashish qobiliyatining buzilishi
Atsetonemiya nima degani – qonda keton tanachalar atsetosirka kislota, atseton bo’lishi; ular yog’ kislotalarning to’la oksidlanmay qolgan mahsuloti hisoblanib, keton aminokislotalar parchalanganida hosil bo’ladi.