Agnoziya nima degani
Agnoziya nima degani – axborotni fahmlash, tushunish, qobiliyatining bo’lmasligi. Sezgi a’zolari – ko’rish, eshitish, sezish bilan narsalarni idrok qilishning buzilishi.
Agnoziya nima degani – axborotni fahmlash, tushunish, qobiliyatining bo’lmasligi. Sezgi a’zolari – ko’rish, eshitish, sezish bilan narsalarni idrok qilishning buzilishi.
Agnatiya nima degani – pastki jag’ning tug’ma yo’qligi.
Agenitalizm nima degani – jinsiy a’zolarining sust rivoj topganligi.
Aggravatsiya, oshirib ko’rsatish nima degani – haqiqatan mavjud kasallikning simptomlarini bemor tomonidan oshirib ko’rsatish.
Agglyutinatsiya, biri-biriga yopishib qolish nima degani – korpurkulyar zarrachalar-bakteriyalar, eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar, to’qima hujayralari, korpuskulyar kimyoviy faol zarrachalarning bir-biriga yopishib qolib, cho’kmaga tushishi.
Aglaktiya, sutsizlik nima degani – tug’ruqdan so’ng ko’krak bezida sut bo’lmasligi.
Avulsiya, olib tashlash nima degani – yulish, sug’urish, masalan, nervni, ko’z soqqasini.
Avitaminoz nima degani – organizmda bir yoki bir necha vitaminlar yetishmasligidan vujudga keladigan kasallik.
Aviatsiya tibbiyoti nima degani – aviatsiya mutaxassislarining kasbga doir sharoitlarini o’rganadigan tibbiyot sohasi. Bu mutaxassislarining sog’lig’ini saqlash, ish qobiliyatini oshirish hamda uchishning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tibbiy tavsiyalar ishlab chiqadi
Abuliya nima degani – faoliyatsizlik-istaklar va mayllarning yo’qligi