Neyropsixologiya nima degani
Neyropsixologiya nima degani – psixologiyaning miyaga bog’liq ruhiy jarayonlar va ularning bosh miyaning alohida sistemalari bilan aloqasini o’rganadigan bo’limi.

Neyropsixologiya nima degani – psixologiyaning miyaga bog’liq ruhiy jarayonlar va ularning bosh miyaning alohida sistemalari bilan aloqasini o’rganadigan bo’limi.
Neyrosekretsiya nima degani – ba’zi nerv hujayralari (gipotalamus oldi neyronlari)ning gormonlar tipidagi biologik faol moddalarni hosil qilish layoqati. Bu moddalar hujayralarning sitoplazmasi, o’simtalarida paydo bo’ladi.
Neyrofibrill(i) nima degani – nerv hujayralari sitoplazmasining mukammalashgan qismidan iborat ipsimon metaplazmatik tuzilmalar yoki maxsus organoidlar.
Neyrokimyo nima degani – nerv sistemasining biokimyosi; nerv to’qimasining kimyoviy tarkibini va unda moddalar almashinuvi xususiyatini o’rganadi.
Neytrofill(i) nima degani – oqqon shaklli elementlarining tur-xili – granulotsitlar, yadrosi segmentlardan iborat donachali leykotsitlar. Sitoplazmasining donachalari neytrofil xususiyatiga ega.
Nekronefroz nima degani – buyrak kanalchalari epiteliysining nekrozlanishi va buyrak koptokchalarining biroz buzilishi bilan kechadigan degenerativ o’zgarish.
Neoartroz nima degani – yangi bo’g’im, uzoq vaqt davomida suyak bo’g’imdan chiqib boshqa joyda joylashib qolsa yoki bo’g’im ichida sinsa boshqa joyda boshqa bo’g’im hosil bo’ladi.
Neproxodimost kishechnika, ichak tutilishi nima degani – ichakdagi narsalarning me’dadan orqa chiqaruv tegishiga tomon surilishining to’xtashi bilan ifodalanadigan o’ta xavfli sindrom.
Nervlar nima degani – bosh miya, orqa miya va nerv tugunlarini boshqa a’zo to’qimalari bilan bog’laydigan, asosan nerv tolalari tugunidan iborat murakkab anatomik tuzilma.
Nervizm nima degani – odam organizmida ro’y beradigan fiziologik faoliyat hamda jarayonlarning boshqarilishida nerv sistemasi ahamiyatining ustunligi to’g’risidagi g’oya.