Krizoderma nima degani
Krizoderma nima degani – oltin preparatlarini (ichga yoki mushak ichiga) qabul qilish bilan bog’liq va polimorf toshmalar mavjudligi bilan tavsiflanadigan dermatoz.

Krizoderma nima degani – oltin preparatlarini (ichga yoki mushak ichiga) qabul qilish bilan bog’liq va polimorf toshmalar mavjudligi bilan tavsiflanadigan dermatoz.
Kriptomneziya nima degani – xotira buzilishlaridan biri bo’lib, bemor haqiqatda ro’y bergan voqealar to’g’risidagi ma’lumotlarni kinoda ko’rgan, kitobda o’qigan, birovdan eshitgan, tushida ko’rgan voqealardan farqlay olish qobiliyatini yo’qotadi.
Kriptorxizm nima degani – bir yoki ikkala moyak yorg’oqqa tushmasdan dastlab joylashgan yerida (buyraklarning pastki chegarasidan chov yo’lining tashqi teshigiga qadar joyda) ushlanib qolishi bilan ta’riflanadigan rivojlanish anomaliyasi.
Krovenosnaya sistema, qon tashuvchi sistema nima degani – organizmning barcha qismlariga oziq moddalar va kislorod tutgan qonni yetkazadigan har xil diametrli kanallar (naychalar) tizimi.
Krovenosniye sosudi, qon tomirlar nima degani – kalibrli har xil naylardan iborat berk sistema. Shu naylardan qon yurakdan tanaga va tanadan yurakka oqadi.
Krovopodtek (sinyak, ekximoz), qontalash (ko’karish, ekximoz) nima degani – ko’pincha lat yegan joylarda teri, shilliq pardalarga qonning shimilishi yoki qonning seroz pardalar ostiga yig’ilishi.
Krovopuskaniye, qon chiqarish nima degani – venani igna bilan teshish (venopunksiya) yoki venani kesish (venoseksiya) usuli bilan qon tomirdan ma’lum miqdorda qon olish.
Krovyanoye depo, qon deposi nima degani – tomirlarida vaqtincha qon to’planib turadigan a’zo yoki to’qimalarning umumiy nomi, zarur bo’lganda aylanayotgan qon hajmini tezda oshirishga imkon beradi.
Ksantopsiya nima degani – hamma narsaning sariq rangda ko’rinishi. Pikrin kislotasi, santonin, amilnitrit bilan zaharlanish simptomi; sariq kasalligi va boshqa patologik holatlarda kuzatiladi.
Ksenolaliya nima degani – tovushlar o’zgarishi bilan kuzatiladigan nutq buzilishi natijasida u xorijiy tilga o’xshab qoladi; ekstrapiramidal tizim shikastlanishida kuzatiladi.