Didaktik talablar uyg’unligi
Didaktik talablar uyg’unligi-o’qituvchilarni o’quvchilar o’quv faoliyatini boshqarish, mashg’ulotlarni uyushtirish va o’tkazish jarayoniga uyg’unlik tarzda yondashuvi.

Didaktik talablar uyg’unligi-o’qituvchilarni o’quvchilar o’quv faoliyatini boshqarish, mashg’ulotlarni uyushtirish va o’tkazish jarayoniga uyg’unlik tarzda yondashuvi.
Didaktik material-o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga yo’naltirilgan maxsus o’quv materiallari.
Dialog-ikki kishi; masalan, o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi muloqot.
Diayrezis-aqliy tashxis.
Diagnostika-ta’lim jarayoni, o’qituvchi hamda o’quvchi faoliyatining muayyan qirrasini o’rganish maqsadida amalga oshiriladigan tekshirish.
Definitsiya-muayyan pedagogik tushuncha haqidagi qisqacha ta’rif.
Defektologiya-jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar rivojlanishining psixofiziologik xususiyatlarini o’rganish, ularga maxsus ta’lim-tarbiya berish, undagi nuqsonlarni bartaraf etish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan.
Determinant-dastlabki asos, fikr, nuqtai nazar; 2) matematik tushuncha.
Dekan-oliy o’quv yurtida fakultet rahbari.
“Devorsiz maktab”-teatr, muzey, sud zali, ko’rgazma, laboratoriya hamda ishlab chiqarish ustaxonalarida tashkil etiladigan o’quv jarayoni.