Geografiya o’quv predmeti
Geografiya o’quv predmeti (geo-yer va metriya-o’lchayman)-maktab o’quv predmeti, geometriya darsida matematikaning predmeti shakllari va shakily munosabatlarini o’rganadigan bo’limi.

Geografiya o’quv predmeti (geo-yer va metriya-o’lchayman)-maktab o’quv predmeti, geometriya darsida matematikaning predmeti shakllari va shakily munosabatlarini o’rganadigan bo’limi.
Geografiya o’qitish metodikasi-1) geografiya ta’limi nazariyasi hamda metodikasi bo’yicha talabalarga muayyan bilim, ko’nikma, malakalar hosil qilishga yo’naltirilgan o’quv fani; 2) geografiya o’qitish metodikasi xususiy pedagogikaning alohida tarmog’i.
Geografiya xonasi-geografiya fanini o’qitishda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni samarali tashkil etish maqsadida maxsus jihozlangan o’quv xonasi.
Geografiya Davlat ta’lim standarti-geografiya ta’lim mazmuni va ushbu o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilar egallaydigan bilim, ko’nikma, malakalarga qo’yilgan talablarni davlat tomonidan tasdiqlangan etaloni, modeli.
Geografik atlas-o’quv ko’rgazma materiali, geografik xaritalarning umumiy dastur asosida albom shaklida tayyorlanadigan sistemali to’plami.
Genofond-aholi (millat)ga xos irsiy belgilar majmuasi hamda uning pokizaligi.
Vunderkind-(nemischa Wunderkind-aynan ajoyib bola)-zo’r va favqulodda noyob qobiliyatlarini, faoliyatning biror turiga layotqatini barvaqt namoyon etuvchi bola. “Vunderkind” so’zi kinoyali ma’noda ham ishlatiladi.
Voyaga yetmaganlar mehnatini muhofaza qilish-o’smirlar mehnatini muhofaza qilishga qaratilgan sanitariya, texnika va hayot xavfsizligi qoidalari.
Voyaga yetmaganlar javobgarligi-18 yoshga to’lmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarning javobgarligi, jinoyat qonuniga binoan tayinlanadigan qat’iy cheklangan jazo turlari.
Voyaga yetmaganlar-amaldagi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko’ra, 18 yoshga yetmagan fuqarolar. Voyaga yetmaganlarni tarbiyalash vazifasi – davlat burchi, fuqarolarning esa konstitutsiyaviy majburiyati hisoblanadi.