Analiz metodi
Analiz metodi – 1) pedagogik tadqiqot metodi bo’lib, unda tekshirish ob’yekti fikran tarkibiy elementlarga ajratib tadqiq qilinadi; 2) o’quv vaziyatini har tomonlama tahlil qilish, chuqur tekshirish, o’rganish.

Analiz metodi – 1) pedagogik tadqiqot metodi bo’lib, unda tekshirish ob’yekti fikran tarkibiy elementlarga ajratib tadqiq qilinadi; 2) o’quv vaziyatini har tomonlama tahlil qilish, chuqur tekshirish, o’rganish.
“Amriqo” (butun so’zlar) usuli-1) 20-yillardan boshlab O’zbekiston maktablarida jahon tajribasidan o’rganib qo’llanilgan usul. 2) Amerika maktablari tajribasida qo’llanilgani kabi o’quvchilar yaxshi biladigan hayvon va parrandalarning rasmini ko’rsatib, ularning rasm ostidagi … Read More
Amaliy mashg’ulotlar-maxsus jihozlangan xona yoki alohida ajratilgan tajriba maydonida tashkil etilib, tahsil oluvchilarda ular tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikma va malakalarini hosil qilishga yo’naltirilgan ta’lim shakli.
Albom-rasm chiziladigan qalin qog’ozli daftar, o’quv quroli.
Alturizm-insonning boshqa kishilarga o’z manfaatini ko’zlamagan holda yordam ko’rsatishga qaratilgan xarakter xususiyati.
Alternativ-muqobil, muqobil o’quv materiali.
Alfavit-til, muayyan yozuvning ma’lum tartibda joylashgan harflari majmui. O’zbek alfaviti. Alfavit tartibi. Alfavit ko’rsatkichi.
Alogizm-(a-inkor qo’shimchasi, logos-idrok)-ilmiy bilishda mantiqiy fikrlashning rolini inkor etadigan oqim.
Almaiy nomidagi namuna ish maktabi-Toshkent shahrining Beshyog’och dahasidagi sobiq rus-tuzem maktabi binosida mahalliy aholi bolalari uchun 1918 yilda ochilgan maktab. Maktabda o’quvchilarga mehnat va politexnika ta’limidan boshlang’ich tushunchalar singdirilgan.
Alloma-fanning bir yoki bir necha sohasini mukammal egallangan, ilmli, eruditsiyali shaxs.